Oʻzbekistonda birinchi “Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari forumini” oʻtkaziladi

16:29 04 Dekabr 2019 Jamiyat
494 0

“Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish boʻyicha yetakchi davlat hisoblanadi. Isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish borasida mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan jamoat tashkilotlarining oʻrni va roli, shuningdek, ularning ijtimoiy sheriklikka asoslangan davlat idoralari bilan oʻzaro aloqasi bizda katta qiziqish uygʻotdi. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini barqaror rivojlantirishning taʼsirchan mexanizmini ishlab chiqish biz uchun juda muhimdir.”

Xalqaro Isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi raisi D. Yanin

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Xalqaro isteʼmolchilar konfederatsiyasi hamda, Consumer International prezidenti Marimut Nadason tomonidan 2020-yil yanvar oyida Oʻzbekistonda birinchi “Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari Forumini” oʻtkazish boʻyicha taklif bilan murojaat qilingan. Unga koʻra, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi MDH davlatlarining ichida Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumer International)ga teng huquqli aʼzo yagona davlat ekanligi alohida taʼkidlangan.

Butun dunyoda isteʼmolchilarni qiynaydigan muammolar oʻxshash. Xalqaro Forumdan koʻzlangan maqsad esa, isteʼmolchilar muammosining eng dolzarb masalalari boʻyicha birgalikda qarorlar qabul qilish, ularni bartaraf etib, isteʼmolchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish borasida yangidan-yangi qonunlar ishlab chiqish, oʻzaro tajriba almashish, sohada yuz berayotgan kamchiliklarni atroflicha koʻrib chiqib, qator muhim tashabbuslarni ilgari surishdan iborat. Bundan tashqari, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining xalqaro aloqalarini mustahkamlashning manfaatli va amaliy jihatlari muhokama markazida boʻladi. Forum mahalliy emas, balki xalqaro ahamiyatga egadir.

Forumga Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumer International) Prezidenti, Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi, Janubiy Koreya Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Rossiya Federatsiyasining Isteʼmolchilar uyushmasi, Tojikiston Isteʼmolchilar uyushmasi, Qozogʻiston Isteʼmolchilari milliy ligasi, Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo) vakillari, Consumer association of India (Hindiston), Turkish Consumer Rights association (Turkiya) va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etishadi. Forum doirasida qatnashchilar va albatta mehmonlar uchun turli madaniy dasturlarlar tashkil etiladi. Oʻzbekistonning tarixiy goʻshalari, qadimiy qadamjolariga sayohatlar rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?