Oʻzbekistonda birinchi atom elektrostansiyasi qurilish ishlari 2020 yilda boshlanishi mumkin

16:36 12 Noyabr 2018 Jamiyat
739 0

Bu haqda “Oʻzatom” agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamaxmudov maʼlum qildi. Sentyabr boshida Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston hududida AES qurilishi boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitimni imzolashdi.

“Rosatom” VVER-1200 reaktorli qurilma “3+” avlodiga tegishli ikkita energoblokdan iborat boʻlgan majmua barpo qilishni rejalashtirilmoqda. Bitim oktyabr oyida kuchga kirdi.

“2020 yilda birinchi poydevor quyishni rejalashtirmoqdamiz”, - deydi Mirzamaxmudov “Pravda Vostoka” gazetasiga bergan intervyuda.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda 5 ta maydon – Jizzax va Navoiy viloyati chegaradagi hududlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

“Oʻzatom” rahbari har bir maydonda meteostansiyalar oʻrnatiladi. Geologik tadqiqotlar oʻtkazilib, tuproqning zichligi, yer osti suvlari darajasi tekshirib chiqiladi.

“Bir maydon tanlangandan soʻng, jamoat fikri oʻrganish maqsadida fuqarolar, jamoatchilik, MAGATE fikri oʻrganiladi. Shundan soʻng, AES qurilishi va ekspluatatsiya boʻyicha maydonga litsenziya olish uchun xulosa tayyorlanadi”, - deya qoʻshimcha qildi Mirzamaxmudov.

Loyihaning qiymati 11 milliard dollar atrofida, birinchi energoblok 2028 yilda ishga tushirilishi kerak, degan edi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19 oktyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida, Oʻzbekistonda birinchi AES qurilishida eng yuqori xavfsizlik standartlari va qatʼiy ekologik talablarga rioya qilinishini maʼlum qilgan edi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr boshida AES qurilishi inqilobiy qaror ekanligi va uni amalga oshirish uchun 8-10 yil muddat zarurligini taʼkidlab oʻtgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?