O‘zbekistonda bir haftada 46 nafar fuqaro YTH natijasida halok bo‘ldi

17:54 20 Avgust 2018 Jamiyat
264 0
Illyustrativ foto

O‘tgan haftada (13 avgustdan 19 avgustgacha) respublikamiz avtomobil yo‘llarida jami 173 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, ushbu hodisalarda 46 nafar fuqaro halok bo‘lib, 166 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 82132 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, bu qoidabuzarliklarning 39623 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etdi. Jumladan, 1487 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 11125 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzganligi, 1040 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasdan chorrahalardan o‘tish qoidasini buzganligi, 12007 nafar haydovchi odam tashish qoidasini buzganligi, 266 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidasini buzganligi uchun to‘xtatilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, harakat vaqtida telefondan foydalangan 790 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 13701 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?