O‘zbekistonda Belarus kompaniyasi ishtirokida velosipedlar ishlab chiqariladi

14:08 15 Avgust 2018 Iqtisodiyot
396 0
Foto: varlamov.ru

Belarusning “Motovelozavod” MCHJ kompaniyasi O‘zbekistonda velosiped ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Belarus telegraf agentligi xabar tarqatdi.

Xabarda qayd qilinishicha, korxona Andijon viloyati hokimligi bilan viloyat hududida velotexnika ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida kelishuvga erishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar birinchi navbatda velosiped ishlab chiqarishni boshlaydigan qo‘shma korxona tashkil kelajakda esa korxonada mototsikllar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Tomonlar tashkil etilayotgan korxonaga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi boshqa qo‘shma korxonalar uchun o‘rnatilgan imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish to‘g‘risida ham kelishib olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?