Oʻzbekistonda “Baxshi” jurnali tashkil etiladi

16:37 05 Yanvar 2020 Madaniyat
296 0

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baxshi” jurnali tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Baxshi” jurnali tahririyati tashkil etish etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan jurnal tahririyatini muassislari etib belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda jurnalning Nizomini ishlab chiqadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi:

- jurnal tahririyatida faoliyat yuritayotgan xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlanishini;

- jurnalda chop etiladigan maqolalar uchun mualliflik haqi toʻlashni tartibga soluvchi tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqilishini;

- jurnal tahririyati faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.

- Jurnal tahririyati bosh muharriri Madaniyat vaziri tomonidan tayinlanishi va vazifasidan ozod etilishi belgilanadi.

OʻzA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?