O’zbekistonda atom elektr stantsiyasini qurish loyihasi muhokama etilmoqda

14:59 26 Aprel 2018 Iqtisodiyot
1351 0
Фото: spot.uz

Rossiya eksport markazi(REM) O’zbekiston hukumati bilan atom elektrostantsiyasini qurishni moliyalashtirish uchun mablag’ ajratish imkoniyatlarini muhokama qilayapti. Bu haqda REMning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenko ma’lum qildi.

“Mazkur masala muhokama etilmoqda. Bizning vazifa tovarlar va mahsulotlar, jumladan, yuqori texnologik eksportni qo’llab-quvvatlashdir. Bu hukumat tomonidan bizning oldimizga qo’yilgan ustuvor yo’nalishdir. Biz, albatta, o’zimiz orqali etarli darajada manfaatli va asosiy loyiha hisoblangan AES barpo etishni moliyalashtirish imkoniyatini ko’rib chiqamiz”, — dedi u “Expo-Russia Uzbekistan — 2018” I I xalqaro sanoat ko’rgazmasida.

Eslatib o’tamiz, yaqinda tashkil etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilish marosimida mintaqadagi birinchi atom elektrostantsiyasini bunyod etish bo’yicha O’zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi bitim shu yil oxirigacha imzolanishi e’lon qilingan edi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?