O‘zbekistonda asosiy dori vositalarining ro‘yxati tuzildi

16:04 06 Avgust 2018 Jamiyat
310 0
Illyustrativ foto

Asosiy dori vositalarining ro‘yxati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilgan.

Ro‘yxatga jami 820 ta dori vositasi kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Asosiy dori vositalari ro‘yxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqilib tasdiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarini davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lishini nazorat qilib boradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?