Oʻzbekistonda anomal issiqlik bois bir qator yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar tezligiga cheklov belgilandi

12:39 02 Iyul 2019 Jamiyat
248 0

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyatining maʼlum qilishicha, “Samarqand – Buxoro”, “Buxoro – Xiva” kabi temir yoʻl uchastkalarida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻlovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi. Bunga sabab esa respublikamizda kuzatilayotgan anomal issiqlikdir.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ oʻz mijozlariga koʻrsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi, deb yozadi mazkur jamiyat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?