“Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻla qoʻllab-quvvatlaymiz!”

14:55 30 Avgust 2018 Siyosat
103 0

Davlat suvereniteti har qanday mamlakatning taraqqiyoti kafolati boʻlishi bilan birga, mustaqil tashqi siyosat yuritishi uchun poydevor hamdir. Oʻzbekiston Respublikasi ham bugun mintaqada, qitʼada va butun jahonda oʻz soʻziga ega davlat sifatida tinchlikparvar, oʻzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan diplomatiyani amalga oshirmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizning tashqi siyosatdagi faollashuvi, Markaziy Osiyodagi integratsiyalashuv jarayonlariga turtki boʻlgan yaxshi qoʻshnichilik aloqalarining oʻrnatilishi, xalqaro maydonda ilgari surilgan konstruktiv tashabbuslari koʻplab davlatlar, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, ekspertlarning eʼtirofiga sabab boʻlmoqda.

Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz arafasida “Xalq soʻzi” muxbirlari xorijiy davlatlarning yurtimizdagi elchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga murojaat qilib, bugun Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, faol va pragmatik tashqi siyosat haqidagi fikrlari hamda Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan oʻzbek xalqiga bayram tilaklarini yozib oldi.

Onlayn nashrimiz orqali ana shu fikrlar bilan tanishtirib boramiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?