Oʻzbekistonda ayni vaqtda goʻsht narxi qancha?

16:32 22 Iyul 2019 Iqtisodiyot
951 0

Foto: "Xalq so'zi"

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019-yil 21-iyul holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan – 43 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori va poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu”, “Yunusobod”, hamda “Qoʻyliq” bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol goʻshtining narxi 32 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti – 38 000 dan 44 000 soʻmgacha

Qoʻy goʻshti

40 000 soʻmdan – 44 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Toshkentdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 32 000 dan 39 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti – 38 000 dan 44 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 19 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Toshkentdagi “Mirobod”, “Chorsu”, “Yunusobod” dehqon bozorlarida kuzatildi – 15 500 – 19 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozori va poytaxtdagi “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etilgan – 4 000 – 12 000 soʻm.

Eng qimmat narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 8 000 – 16 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 000 soʻmdan – 13 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizning “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 000 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 13 500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 000 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Fargʻona dehqon bozori va poytaxtimizning “Mirobod”, “Chorsu”, “Qoʻyliq” va “Farhod” bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 soʻmni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un poytaxtimizning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 soʻmgacha.

Shakar

4 500 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Sirdaryo viloyati Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 000 soʻm.

1 kg shakar uchun eng qimmat narx yurtimiz bozorlarida 5 500 soʻmgacha kuzatildi.

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijonning Yangi shahar dehqon bozori, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorlarida kuzatildi 350 - 700 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtimizning “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi — 350 - 700 soʻm.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Andijon Yangi shahar dehqon bozori, Navoiy Markaziy dehqon bozori, Samarqand markaziy dehqon bozori, Fargʻona Markaziy dehqon bozori poytaxtdagi “Farhod” va “Chorsu” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 soʻmdan sotilmoqda.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 500 – 3 500 soʻmgacha.

Pomidor

800 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi –800 soʻmdan – 1 500 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentning “Chorsu” va “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi – 6 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Xoʻjalik sovuni

800 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Qiziq jihati, xoʻjalik sovuni boʻyicha Respublikamizdagi eng arzon narx ham, eng qimmati ham Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan - 3 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?