O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot salkam 600 dollarga yetdi

14:57 19 Iyul 2018 Iqtisodiyot
441 0
Foto: uza.uz

2018 yilning yanvar – iyun oylari uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning dastlabki baholanishini amalga oshirildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar – iyunida O‘zbekiston Respublikasi YAIM hajmi joriy narxlarda 152 trln 533,4 mlrd. so‘mni ( 19,586 mlrd dollar) tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,9 foizga o‘sdi. YAIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar – iyunidagi narxlarga nisbatan 135,4 foizni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 4,653 ming so‘mni (597,4 dollar) tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga yuqoridir.

Iqtisodiy o‘sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 85,5 foizini tashkil etdi va 5,0 foizga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 4,4 foiz punktni tashkil etdi).

Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 14,5 foizni tashkil etdi va 4,5 foiz darajasida o‘sish qayd etildi.

YAIM o‘sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko‘rsatdi (1,9 f.p.) va bu soha o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga o‘sdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 1,7 foizga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 5,6 foizga va boshqa xizmatlar 5,0 foizga o‘sdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?