Oʻzbekistonda “AGRO TV” telekanalini tashkil etish taklif etildi

11:13 16 Oktyabr 2019 Jamiyat
128 0

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “AGRO TV” telekanalini tashkil etish boʻyicha taklif berildi.

Fuqaro tomonidan yoʻllangan petitsiyada bugungi kunda respublikamizda barcha sohalarda boʻlgani kabi qishloq xoʻjaligi sohasida ham amalga oshirilayotgan oʻzgarish va islohotlar xalqni juda xursand qilayotgani eʼtirof etilgan.

“Mamlakatimiz aholisining koʻpchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilganligi sababli, aholiga qishloq xoʻjalik sohasida samarali mehnat qilish va daromad topishga imkoniyat yaratilmoqda. Xususan, hozirda issiqxona tashkil etganlik, tovuq, tuyaqush, qoramol boqqanlik, qalampir yetishtirganlik, paxta va bogʻdorchilik yoʻnalishlarida koʻplab imtiyozli kreditlar berilmoqda, kundan-kunga yangiliklar qilinmoqda. Biroq koʻpchilik bular haqida bilishmaydi. Shu maqsadda, ular haqida aholiga batafsil maʼlumotlar beruvchi, qishloq xoʻjaligi sir-asrorlarini oʻrgatuvchi maxsus “AGRO TV” telekanalini tashkil etish kerak” deyiladi unda.

Shu sababli yuqoridagilarni inobatga olgan holda “AGRO TV” telekanalini tashkil etish taklif qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?