O‘zbekistonda 50 foiz aholi ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda

11:23 21 Iyun 2018 Lifestyle
420 0
Illyustrativ foto

Samarqanddagi Registon Plaza mehmonxonasida rossiyalik diyetolog-endokrinolog Vadim Krilov “Qanday qilib istagan taomni yeb, qomatni saqlab qolish mumkin?” mavzusida aholi va mutaxassislar o‘rtasida seminar-trening o‘tkazdi, deb yozadi “Zarafshon” gazetasi.

«XXI asrga kelib ortiqcha vazn jiddiy muammoga aylandi. Rossiyada 60 foiz, Amerikada biroz ko‘proq, O‘zbekistonda 50 foiz aholi ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Bunday salbiy holatlar ko‘payishining oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirishimiz kerak.

Illyustrativ foto

Ko‘pchilik ovqat yemay, ochlik bilan ortiqcha vazndan xalos bo‘laman, deb o‘ylaydi. Ammo bu noto‘g‘ri fikr. Chunki birdaniga o‘zini hamma narsadan cheklash yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Axir, ilk mashg‘ulotda birdaniga 200 kilogrammlik toshni ko‘tara olmaysiz-ku», — degan Krilov.

Illyustrativ foto

Bunda avvalo, bemorlarni ruhlantirib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirib, foydali mahsulotlarni iste’mol qildirib erishish mumkin. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun o‘zlarini hech narsadan cheklamaslik, faqatgina ovqatlanish me’yorlariga rioya etish, ko‘proq harakatda bo‘lish talab etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?