O‘zbekistonda 46 ming gektardan ortiq o‘rmon xo‘jaliklari tashkil qilinadi

18:47 26 Iyun 2018 Jamiyat
364 0

Shumanay, Qonliko‘l, Shahrisabz va Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq jami 46 720,8 gektar maydonda o‘rmon xo‘jaliklari tashkil qilinadi, deb yozmoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Unga ko‘ra, xususan:

Shumanay (Shumanay tumani, 2050,5 gektar);

Qonliko‘l (Qonliko‘l tumani, 1993,3 gektar);

Shahrisabz (Shahrisabz tumani, 18 672 gektar);

Fozilmon (Qo‘shrabot tumani, 24 005 gektar) nomli ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari tashkil etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?