O‘zbekistonda 2078 ta ijtimoiy dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

16:14 25 Iyul 2018 Jamiyat
196 0
Foto: nuz.uz

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini muddatida va to‘liq bajarilishi ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan vazirlik va idoralarga har tomonlama amaliy va huquqiy yordamlar ko‘rsatilib, yuklatilgan vazifalar ijrosi tizimli ravishda monitoring va tahlil qilib kelinmoqda.

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, birgina ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida hozirga qadar 10 326 nafar muhtoj fuqaroga protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari yetkazib berildi.

Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Shimoliy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Isroil, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Gruziya davlatlaridan 250 nafardan ortiq shifokorlarning O‘zbekistonga tashrif tashkillashtirildi. Ushbu tashriflar doirasida Respublika markazlari va shifoxonalarida 200 dan ortiq jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi va 650 dan ortiq bemorlar ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida 2 222 ta ijtimoiy dorixonalar tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib “Dori-darmon” va uning filiallari tomonidan hududlarda 2078 ta ijtimoiy dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?