Oʻzbekistonda 100 million yevrolik koʻp tarmoqli Germaniya klinikasi barpo qilinadi

11:36 16 Yanvar 2019 Jamiyat
494 0

14 yanvar kuni Berlin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida umumiy qiymati 4 milliard AQSH dollaridan ortiq boʻlgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha shartnomalar imzolandi.

Shular qatori sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasida Germaniyaning “OPASCA”, “Fresenius Vamed” hamda “Dautrus Capital” kabi nufuzli kompaniyalari bilan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan qator istiqbolli loyihalarni alohida taʼkidlash joiz.

Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda germaniyalik hamkorlar bilan poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida koʻp tarmoqli klinika bunyod etish yuzasidan kelishuv imzolandi. Loyihaga 100 million yevro miqdoridagi investitsiya jalb etiladi.

Quvonarlisi, keyinchalik viloyatlarda ham nemis texnologiyasi asosida ishlaydigan shunday koʻp tarmoqli klinikalar ochilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?