Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi vafot etdi

08:38 11 Oktyabr 2020 Jamiyat
582 0

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Saʼdulla Hakimov vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi xabar berdi.

"S. Hakimov 1951-yil 25-martda Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan.

1977-yili Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2002-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini Gʻallaorol tumanida oʻqituvchilikdan boshlagan. Oʻzbekistonda sotsial taʼminot” jurnali masʼul kotibi, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi boʻlim mudiri, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasi boʻlim mudiri, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi masʼul kotibi, “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi rahbarining oʻrinbosari, rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Davlat maslahatchisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari, «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi bosh direktori, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.

2016-yilning 29-dekabridan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi.

Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziyamizni izhor etamiz" deyiladi taʼziya xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?