O‘zbekiston joriy yil yarmida 94,7 foiz ko‘p uran eksport qildi

11:24 13 Avgust 2018 Iqtisodiyot
195 0
Illyustrativ foto

2018 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati 106,9 million dollarlik uran eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd qilingan.

Manba bergan hisobotga ko‘ra, bu miqdor o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 94,7 foiz ko‘proq deganidir.

Umuman, hisobot davrida eksport hajmi 7,6 mlrd. AQSH dollarga (o‘sish sur’ati 15,7 foiz) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 77,8 foizni tashkil etib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (19,2 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (8,7 foiz), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (6,9 foiz) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?