Oʻzbekiston YUNESKOning yana bir konvensiyasi ishtirokchisiga aylandi

10:35 16 Fevral 2020 Jamiyat
165 0

Foto: Flickr

2020-yil 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi uchun YUNESKOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi konvensiyasi kuchga kirdi.

Konvensiya 2005-yil 20-oktyabrda Parij shahrida imzolangan va 2007-yil 18-martda kuchga kirgan. Oʻzbekiston Konvensiyani 2019-yil 14-oktyabrda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi vaqtda hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konvensiyaning asosiy maqsadi, madaniy oʻzini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va ragʻbatlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻli bilan turli madaniyatlarning oʻzaro erkin aloqa qilishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Hozirda mamlakatda konvensiyaning asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish uchun tegishli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, jumladan, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Maqom sanʼati xalqaro forumi, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkazilishi bunga yaqqol misol boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?