Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyatida oʻzgarish boʻldi

11:41 30 Avgust 2019 Jamiyat
262 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-avgustdagi Farmoni asosida Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Quranbayev Qahramon Qoʻchqorovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytga qadar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimda ishlab kelgan Saʼdullayev Alisher Zafarovich bugundan boshlab Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklandi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Qahramon Quranbayev va Alisher Saʼdullayevlarni yangi masʼuliyatli lavozimlar bilan samimiy qutlaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?