Oʻzbekiston yanvar oyida qancha paxta sotgani maʼlum boʻldi

12:05 19 Fevral 2019 Jamiyat
254 0

Paxta tolasining umumiy eksportdagi ulushi boʻyicha oʻzgarish tendensiyalerini koʻrishimiz mumkin. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2016 yil yanvar oyida paxta tolasi eksporti hajmi 34,6 ming tonnaga yetib, 49,4 mln. AQSH dollariga eksport qilingan boʻlsa, 2017 yilning shu davrida jami 33,8 ming tonna paxta tolasi 55,8 mln. AQSH dollariga eksport qilingan.

2018 yil yanvar oyi natijalariga koʻra esa paxta tolasining umumiy eksporti 0,5 % gacha kamayib, eksport hajmi 7,4 mln. AQSH dollari(3,8 ming tonna)ni va 2019 yil yanvar oyida esa bu koʻrsatkich 3,1 mln. AQSH dollari(1,6 ming tonna)ni tashkil etdi.

Mazkur oʻzgarish tendensiyasini esa paxta xomashyosini yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportga yoʻnaltirilishi bilan izohlashimiz mumkin boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?