Oʻzbekiston yanvar oyida qancha meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi?

11:56 19 Fevral 2019 Jamiyat
370 0

Illyustrativ foto

Mamlakatimizdan 2019 yilning yanvar oyida jami 74,9 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 36,0 mln. AQSH dollariga eksport qilindi. Oʻsish surʼati - 21 foiz. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Xususan, ushbu davrda 55,1 ming tonna sabzavotlar 19,0 mln. AQSH dollariga chetga sotilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 26,5 ming tonna koʻpdir.

Qolaversa, 7,5 ming tonna meva va rezavorlar 5,5 mln. AQSH dollariga eksportga chiqarilib, mazkur koʻrsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan 11,8 ming tonnaga ziyoddir.

Taʼkidlash joiz, yurtimizda eksport salohiyatini kengaytirish, yangi bozorlarni oʻzlashtirish natijasida meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilish hajmi oshib boryapti. Joriy yilning dastlabki oyida meva-rezavorlar hamda sabzavotlar eksport hajmi 36,0 mln.AQSH dollariga yetdi va oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan 21 foiz oʻsdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?