Oʻzbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Uni navbatda turmasdan, uyda turib sotib olish ham mumkin

17:47 04 Oktyabr 2019 Sport
487 0

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10-oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi. Bu haqda OʻFA xabar berdi. 

Chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qoʻlida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa, muxlislar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa oʻyini chiptalari savdosini toʻliq hajmda amalga oshiradi.

Qayd etish joiz, Oʻzbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar xarid qilish imkoniga ega boʻlishadi.

Ayni paytda muxlislar Oʻzbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalarini iticket.uz saytida, shuningdek, “Humo Arena”, “Samarqand Darvoza” hamda “Compass” savdo majmualarida ham xarid qilishlari mumkin.

Chiptalar 3 ta toifada chiqarilgan:

1-toifa – 35 000 soʻm;

2-toifa – 25 000 soʻm;

CIP – 75 000 soʻm.

Bir kishi eng koʻpi bilan 5 tagacha chipta xarid qilishi mumkin.

Taʼkidlab oʻtamiz, JCH-2022 saralashining 2-bosqich 3-turi doirasidagi Oʻzbekiston – Yaman uchrashuvi 10-oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyin soat 17:00da boshlanadi.

Chipta boʻyicha batafsil maʼlumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?