Oʻzbekiston vakili Osiyo oʻyinlarida vyetnamlik raqibiga qarshi iPhone smartfonida bahs olib boradi

12:16 27 Avgust 2018 Sport
346 0

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlari doirasida ye-sport(eSport) boʻyicha turnirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb yozadi InfoCOM.

Mazkur musobaqalarda eSport namoyish sport turi sifatida taqdim etiladi va unda medallar boʻlmaydi.

Oʻzbekistondan ushbu yoʻnalishda mamlakat elektron sport turlari federatsiyasi aʼzosi, kiberatlet Sanjar Usmonov qatnashmoqda.

Elektron sport boʻyicha turnir bugun olti( Arena of Valor, Clash Royale (yakkalik, mobil platforma), Hearthstone, League of Legends (jamoaviy), Pro Evolution Soccer (jamoaviy), Starcraft II (yakkalik) yoʻnalishda start olib, 1 sentyabrga qadar davom etadi.

Osiyo elektron sport turlari federatsiyasi ushbu kibermusobaqalar tashkilotchisidir. Unga ayni paytda qitʼadagi 45 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston ham aʼzo hisoblanadi.

Bu galgi turnirda 18 mamlakat vakili ishtirok etayapti.

Hamyurtlarimiz toʻrt yoʻnalish(Hearthstone, League of Legends , Pro Evolution Soccer va Clash Royale) saralash bosqichlarida qatnashdi. Faqatgina Sanjar Usmonov Clash Royale boʻyicha Indoneziya yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Uning birinchi raqibi vyetnamlikdir. Ular iPhone smartfonlari yordamida oʻzaro bellashadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?