Oʻzbekiston vakili Butunjahon yakka kurashlar va jang sanʼati federatsiyasi vitse-prezident etib saylandi

11:36 26 Noyabr 2019 Sport
239 0

Shu kunlarda poytaxtimizda taekvondo ITF boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi musobaqalari oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlari va jang sanʼati prezidenti, professor Jianni Saritsu ham ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunida janob Jianni Oʻzbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanovni Butunjahon yakka kurashlar va jang sanʼati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylanganini eʼlon qilgan.

Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbogʻ 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirgan.

Shuningdek, Gʻofurjon Abduvaliyev Oʻzbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?