Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Biznes-ombudsmanlari hamkorlik qiladi

17:55 19 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
250 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Oʻzbekistonda Koreys biznes forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida Janubiy koreyalik investorlar bilan oʻzaro aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi, shu asnoda mehmonlarga mamlakatimizning sarmoyaviy salohiyati, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Forum jarayonida ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmani faoliyati bilan yaqindan tanishishdi, shuningdek, koreyalik hamkorlar bilan Biznes-ombudsman va Koreya Respublikasi chet el investitsiyalari boʻyicha Ombudsmanning hamda oʻrta va kichik biznes subyektlarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha Ombudsmanlar bilan istiqbolda hamkorlik qilish masalasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bugungi kunda Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasida Oʻzbekistonning ulushi deyarli 50 foizni tashkil etadi. Yurtimizda Janubiy Koreya kompaniyalarining 70 dan ortiq vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan, ushbu davlat investorlari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 500 dan ziyod korxonalar faoliyat yuritmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?