Oʻzbekiston va Turkiya “Buyuk ipak yoʻli” brendini ilgari surish uchun oʻzaro koʻmakdosh boʻladi

15:58 05 Avgust 2019 Jamiyat
172 0

2019-yilning 1-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yilning 25-oktyabr kuni imzolangan Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Bitimni imzolashda fuqarolarni ilm-fan, ijtimoiy rivojlanish, madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlar hamda tabiat, diqqatga sazovor joylar, tarixiy yodgorliklar va ikki xalq madaniy anʼanalari bilan tanishtirish uchun sayyohlik sohasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan.

Hujjatga muvofiq tomonlar xalqaro anjumanlar, forumlar, seminarlar, koʻrgazmalar, OAVda nashrlar orqali “Buyuk ipak yoʻli” va boshqa shu kabi qoʻshma sayyohlik yoʻnalishlari va brendlarini ilgari surishga koʻmaklashadilar.

Bitimga koʻra tomonlar sayyohlik sohasidagi korxonalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashadilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?