O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Artel zavodiga tashrif buyurdi

18:26 17 Avgust 2018 Siyosat
356 0

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentdagi Artel zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari zavodda konditsioner, televizor detallarini ishlab chiqarish hamda yig‘ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Oliy martabali mehmon O‘zbekiston mahsulotlari sifati va narxi bilan raqobatbardoshligi, xususan, “Artel” texnikalari Tojikistonda ham xaridorgirligini ta’kidladi.

Zavod mahsulotlarini Tojikistonga yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?