Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida qurilish sohasidagi hamkorlik qanday rivojlanmoqda?

12:40 19 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
157 0

Oʻzbekiston va Tojikiston. Urf-odatlari, madaniyati bir-biriga yaqin boʻlgan, qoʻshni, transchegaraviy davlatlar hisoblanadi. Shu bois ikki davlat oʻrtasida yildan-yilga savdo-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, transport kommunikatsiya sohalarida aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida koʻplab uchrashuvlar, muloqotlar tashkil etilib, istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilib kelinyapti.

Hozirgi kunda koʻplab sohalarda Tojikiston Respublikasi bilan ishonchli aloqalar yoʻlga qoʻyilgan va rivojlanib bormoqda. Xususan, qurilish materiallari sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport imkoniyatlari va koʻlamini kengaytirish, tadbirkorlar uchun qulay biznes sharoitlarini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilyapti. Buning natijasida tovar ayriboshlash sezilarli darajada oshmoqda. Raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, 2020-yilning 8 oyi davomida mamlakatimizdan qoʻshni davlatga 13,8 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan. Jumladan, 273, 9 tonna oboy, 1 207,6 ming metr kvadrat keramik plitka, 3 582,743 ming metr kvadrat gipsokarton, 6 041,9 tonna quruq qurilish qorishmalari yetkazilgan.

«Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan Tojikiston investitsiya jalb qilingan yirik loyihalar ham amalga oshirilyapti. Ana shunday loyihalardan biri bu — Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida umumiy qiymati 19 mln dollar boʻlgan “PR INVESTMENT CO” MCHJ tomonidan yangi sement zavodi barpo etilyapti. Mazkur korxona yiliga 400 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Yangi sement zavodi 2021-yilning ikkinchi yarmida qurib foydalanishga topshiriladi. Hozirda bu yerda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Energiya tejamkor uskunalarning 50 foizi olib kelingan boʻlib, hozirda xitoylik mutaxassislar tomonidan oʻrnatilyapti. Eʼtiborlisi, korxona foydalanishga topshirilgach, 200 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Shu kungacha investitsiya loyihani amalga oshirish uchun 4,4 mln dollar oʻzlashtirilgan.

Tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash yoʻnalishida ham tojikistonlik tadbirkorlar bilan ishonchli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Granit va marmar toshlarni ishlab chiqarish boʻyicha yirik investitsiya loyihasi Navoiy viloyatining Nurota tumanida amalga oshirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?