Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari “Hamdoʻstlik — 2020” oʻquv yigʻinini oʻtkazishadi

19:17 11 Mart 2020 Jamiyat
367 0

Fotо: Mudofaa vazirligi

 

Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi harbiy hamkorlikka muvofiq yuqori jangovar shaylikka ega bir guruh vakillarimiz Tojikiston Respublikasida boʻlib oʻtadigan oʻzbek-tojik oʻquv yigʻinlarida ishtirok etish uchun qoʻshni respublikaga joʻnab ketdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilarni Tojikiston Mudofaa vazirligining masʼul ofitserlari, keng jamoatchilik vakillari kuy-qoʻshiqlar sadosi ostida kutib oldi.

Oʻquv mashgʻuloti Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatida joylashgan “Faxrobod” dala-oʻquv maydonida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?