Oʻzbekiston va Tojikiston Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

16:25 24 Dekabr 2018 Siyosat
288 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston va Tojikiston chegara qoʻshinlari birinchi qoʻshma harbiy kengash yigʻilishini oʻtkazishdi.

Uchrashuvda Tojikiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-polkovnik Rajabali Rahmonali va Oʻzbekiston DXX chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Ruslan Mirzayev va chegara qoʻshinlari boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi hamkorlik rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.

Harbiy kengashda Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyat muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston chegara qoʻshinlari 2019 yil uchun hamkorlik rejasini ishlab chiqishdi.

Hujjatning asosiy maqsadi - mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish hamda davlat chegarasini himoya qilishdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?