Oʻzbekiston va Tailand turizm sohasida hamkorlikni rivojlantiradi

13:27 19 Noyabr 2020 Welcome to uzbekistan
159 0

Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Tailand turizm maʼmuriyati oʻrtasida ikki mamlakat turizm biznesi vakillari ishtirokida kengaytirilgan videokonferensiya uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbekiston tomonidan respublikaning sayyohlik salohiyati, yangi sayyohlik yoʻnalishlari va imkoniyatlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, dam olish joylari, gastronomiya, hunarmandchilik mahsulotlari, shuningdek respublikada sayyohlarning qulay yashashi uchun yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Oʻzbekiston va Tailand turoperatorlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan munozara davomida tomonlar pandemiya paytida va undan keyingi davrda turistik sayohatlarni tiklash va qoʻshma ekskursiyalarni tashkil etish boʻyicha fikr almashdi.

Tailand vakillari Oʻzbekistonning buddizm yodgorliklari mavjud Surxondaryo viloyatiga sayohatlar uyushtirishga qiziqish bildirildi. Tomonlar bu yoʻnalishda hamkorlik oʻrnatish va epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, qoʻshma ekskursiyalar tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?