Oʻzbekiston va Rossiya qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari savdo hajmini oshiradi

14:10 20 Fevral 2019 Jamiyat
379 0

19 fevral kuni Rossiya Federatsiyasiga ishchi tashrifi doirasida Jamshid Xoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbari Dmitriy Patrushev bilan uchrashdi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Dmitriy Patrushevning soʻzlariga koʻra, 2018 yilda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi 20 foizdan oshdi. Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirishga yordam beradigan mavjud “Yashil yoʻlak” va boshqa bitimlarning roli ham alohida taʼkidlab oʻtildi.

Savdo hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlardan tashqari, har ikki tomon oʻsimlikchilik va baliqchilik, ilmiy-texnikaviy rivojlanish, qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va boshqa sohalarda tegishli idoralar oʻrtasida tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya idoralari oʻrtasida, xususan, qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻzbek-rus ishchi guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha rejalar tuzdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi ishchi delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?