Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

16:23 17 Iyun 2019 Siyosat
6128 1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlar joriy yil 14-15-iyun kunlari Bishkek va Dushanbe shaharlarida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammiti tadbirlari yakunlari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbatda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqildi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ustuvor loyiha va dasturlarni, jumladan, joriy yil 30-may kuni Urganch shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiya birinchi majlisida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.


Izohlar


Аҳад Муҳаммадиев

кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтиришнинг долзарб масалаларини кўриб чиқилди.

17:3517.06.2019