O’zbekiston va Rossiya o’rtasida atom energiyasidan foydalanish to’g’risidagi bitim kuchga kirdi

12:48 03 Aprel 2018 Iqtisodiyot
585 0
Foto: tvlesnoy.ru

Joriy yil 1 apreldan boshlab O’zbekiston va Rossiya hukumatlari o’rtasida Tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim kuchga kirdi. 

“RIA Novosti”ning yozishicha, mazkur hujjat o’tgan yil 29 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori A. Lixachev va O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari N. Otajonov tomonidan imzolangandi. 

Mazkur bitim O’zbekiston atom energetikasi uchun milliy infratuzilmani yaratish va takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, radioizotoplarni ishlab chiqarish va ularni sanoat, tibbiyot hamda qishloq xo’jaligi sohalarida qo’llash, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish kabi sohalarda o’zaro hamkorlik rivojlantirishni nazarda tutadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?