O‘zbekiston va Rossiya Oliy ta’limda bakalavr va magistrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yanada rivojlantiradi

18:26 14 Avgust 2018 Jamiyat
352 0
Foto: Hasan Paydoyev / Xalq so‘zi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi, Fan va ta’lim vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaci bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi A.Abduvaxitov, oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri I.Majidov va boshqalar so‘ngi ikki yil davomida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli va manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib, siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalar bilan birga, madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalardagi do‘stona aloqalar kengayib borayotganini ta’kidlashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar malakali kadrlar, ayniqsa, zamonaviy yo‘nalishlar va mutaxassisliklarda bakalavr hamda magistrlar tayyorlash tizimiga jiddiy e’tibor qaratish va ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Muhammadjon AHMADJONOV


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?