Oʻzbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorlikda “Baron-2“ va “Mister Nokaut” filmini suratga olishadi

16:41 05 Dekabr 2019 Madaniyat
558 0

Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan “Oʻzbekiston-Rossiya“ xalqaro kinoforumi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri oʻrinbosari Pavel Stepanov, STV telekompaniyasi rahbari, kinoprodyuser Sergey Selyanov, Butun Rossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malishev, “Soyuzmultfilm” studiyasi direktori Boris Mashkovsev, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev, “Oʻzbekfilm” DUK rahbari Fotix Jalolov, shuningdek soha mutaxassislari, talabalar, jurnalist va blogerlar qatnashyapti.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Oʻzbekistonda kino sanoatini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, ikki davlat kinoijodkorlari oʻrtasida kutilayotgan hamkorlikdagi dastur va loyihalar haqida gapirib oʻtdi.

Butun Rossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malishev Butun Rossiya davlat kinematografiya instituti va “Oʻzbekkino“ Milliy agentligi oʻrtasida malakali kadrlarni tayyorlash borasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzbekistonlik yosh kinoijodkorlar uchun maxsus va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilayotganini taʼkidladi.

Ushbu hamkorlik mevasi oʻlaroq “Mister Nokaut“ va Baron-2“ filmi suratga olinishi qoʻshimcha qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?