O‘zbekiston va Rossiya energetika sohasida hamkorlik qiladi

10:05 30 May 2018 Iqtisodiyot
514 0
Foto: hi-news.ru

“Rosatom” delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda kompaniya vakili “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, korporatsiya vakillari o‘zbek tomoni bilan atom sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda. O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuvni tayyorlashni davom ettirmoqda.

Rossiya delegatsiyasini korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachyov boshqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, delegatsiyani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?