O‘zbekiston va Qozog‘iston diniy bayramlarni nishonlash sanalarini bir xillashtirish bo‘yicha memorandum imzoladi

12:11 27 Mart 2018 Madaniyat
617 0

 

Qozog‘iston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Serikbay Oraz O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatimiz Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda diniy bayramlar sanalarini bir xillashtirish(unifikatsiya qilish) masalasi muhokama qilindi.
Yakunda ikkitomonlama memorandum imzolandi.

“Taraflar diniy sanalar (ro‘za, Qurbon Hayit va boshqalar)ni Hijra yili, ya’ni musulmonlar oy taqvimi bo‘yicha nishonlash, shuningdek, bugungi kun diniy masalalari bo‘yicha umumiy qarorlar, fatvolara chiqarish lozim deb hisoblaydi”, — deyiladi memorandum matnida.

“Bizda shu paytgacha diniy bayramlar sanasi bo‘yicha farqlanishlar bor edi. Mazkur kamchilikni to‘g‘rilash uchun biz o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladik. Memorandum doirasida umumiy fatvolar chiqaramiz va hozirgi davr dolzarb masalalari bo‘yicha birgalikda qarorlar qabul qilamiz”, — deydi muftiy Serikbay Oraz ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.

“Kazinform”ning yozishicha, o‘zaro imzolangan mazkur hujjat doirasida ikki davlat fuqarolariga ushbu mamlakatlar hududida joylashgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkoniyati taqdim etiladi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?