Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

16:56 30 Dekabr 2019 Siyosat
616 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdilar.

Taʼkidlash joiz, 2019-yil mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich boʻldi.

Oʻzaro aloqalar jadallashdi, savdo koʻrsatkichlari ikki barobar oʻsdi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari ilgari surilmoqda, hududlar oʻrtasidagi va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.

Suhbatda davlat rahbarlari Toshkent shahrida oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini yuksak baholadilar.

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining istiqbollari hamda 2020-yilga moʻljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?