O‘zbekiston va Pokiston tarixda birinchi marta hamkorlikda iftorlik o‘tkazdi

17:43 01 Iyun 2018 Jamiyat
459 0
Foto: Savdo sanoat palatasi

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va “O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar Kengashi”hamkorligida ikki tomonlama munosabat tarixida birinchi marta Islomobod shahrining “Marriott” mehmonxonasida iftorlik marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Pokiston hukumat vakillari, siyosiy tashkilotlar, ziyolilar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, “Naqshbandiya” ordeni sohiblari, o‘zbek diasporalari vakillari qatnashdi.

Iftorlikning faxriy mehmonlari Pokiston poytaxti hokimi Shayx Ansar Aziz, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Zoxir Janjua, shuningdek, Islomobod Savdo-sanoat palatasi prezidenti janob Ravalpindi bo‘ldi. Marosimda “Tabani Group”, “Diners Group”, “Arshad&Co.” singari yirik kompaniya vakillari qatnashdi.

Mehmonlarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot kataloglari va ziyorat turizmi bo‘yicha turli risolalar tarqatilgan. Bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonda haj safarlari, respublikaning tarixiy shaharlari haqidagi video-roliklar ham namoyish etildi.

Mehmonlar O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi tomonidan iftorlik dasturi tashkil etilishi ushbu mamlakatda diniy va millatlararo bag‘rikenglikni himoya qilish hamda rivojlantirish singari insonparvar siyosat olib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?