Oʻzbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari muloqot oʻtkazdi

09:24 04 Noyabr 2019 Jamiyat
76 0

Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa idora rahbarlari mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilib, xalqaro tinchlikni taʼminlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratdilar.

Muzokaralar davomida oliy harbiy taʼlim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va soha sifatini yanada mustahkamlash yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Keng qamrovli muloqotdan soʻng Hindiston harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ular akademiya tarixi muzeyi va oʻquv-moddiy bazasi, shuningdek u yerda yaratilgan sharoilar, obyektlari, infratuzilmasi va oʻquv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanishdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi va Hindiston Mudofaa boshqaruv kolleji oʻrtasida oʻrnatilgan videokonferens aloqa ushbu tashrifning muhim voqeasi boʻldi.

Ikki davlat Mudofaa vazirlari hamda ilmiy-pedagogik kadrlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borgan muloqotlari hamkorlikni rivojlantirishning, harbiy taʼlim, ilm sohasida tajriba va axborot almashuvning keng imkoniyatlarini koʻrsatdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?