O‘zbekiston va Hindiston ishbilarmonlari biznes-forumi tashkil qilindi

15:08 16 Avgust 2018 Iqtisodiyot
321 0
Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.

Toshkentda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining o‘n birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi“ muxbiri Dilshod Ulug‘murodov xabar berdi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad ikki davlat o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni, innovatsiya, turizm, tibbiyot, farmatsevtika kabi tarmoqlardagi aloqalarni yanada kengaytirishdir.

Yig‘ilish doirasida,shuningdek,ikki mamlakat ishbilarmonlarining biznes-forumi ham o‘tkazildi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov va Hindiston savdo vaziri P. Suresh ham ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?