Oʻzbekiston va Hindiston atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalarini muhokama qildi

12:15 13 Mart 2020 Jamiyat
91 0

Yaqinda “Oʻzatom” agentligida Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi Santosh Ja bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonning yoqilgʻi-energetika kompleksida (YOEK) hamkorlikning rivojlanishi, jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Oʻzatom” agentligi delegatsiyasining shu yilning fevral oyida Hindistonning AES qurilishi boʻyicha tajribasini oʻrganish hamda davlat yadroviy-energetika dasturini amalga oshirishda ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida ushbu mamlakatga qilingan safar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida Hindiston tomonidan Yadroviy-energetik hamkorlikning global markazi (GCNEP, Hindiston) bilan “Oʻzatom” agentligi oʻrtasida atom energetikasi sohasida kadrlarni tayyorlash borasida hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumining loyihasi rasman taqdim qilindi.

GCNEP2010-yilda Hindiston Hukumatining Atom energiyasi boʻyicha departamenti qoshida tashkil qilingan. Markaz qoshida 5 ta maktab mavjud boʻlib, ular yadro energiyasi va yadroviy xavfsizliksohasidagi tadqiqotlarga, radiologik xavfsizlik, yadroviy material xarakteristikalarini oʻrganishga, radioizotoplar varadiatsion texnologiyalarni qoʻllashga yoʻnaltirilgan.

Ayni paytda ElchiHindistonda yadroviy tibbiyot va agrosanoat kompleksida yadroviy texnologiyalarni qoʻllash rivojlanib borayotgani, hind kompaniyalari energetika sohasiga oid loyihalarda, xususan qayta tiklanadigan energiya manbalari obyektlarini barpo etish va issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarda ishtirok etayotgani haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga Hindiston tomoni Oʻzbekiston uchun quyoshli panellarni joriy etish uchun grantlar berish imkoniyati mavjudligini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston tomonidan investitsiyaviy dasturlarda ishtirok etish uchun taklif bildirildi hamda Oʻzbekiston Kimyo sanoati uchun berilgan takliflarda ulushbay ishtirok boʻyicha etish taklif qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?