Oʻzbekiston va Fransiya hamkorlikda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazdi

17:06 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
541 0
Foto: Sputnik

Jizzax viloyatidagi “Forish“ poligonida fransiyalik harbiylar bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Rejaga koʻra tajriba almashuv bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarning deyarli barchasi “Forish” poligoni togʻli hududlarida oʻtkaziladi. Bunda asosiy eʼtibor harbiylarning merganlik mahoratini oshirishga qaratilgan”, - dedi suhbatdosh.

Fransiyadan kelgan mutaxassislar “Mergan kundaligi” oʻquv qoʻllanmasiga asosan harbiy xizmatchilar bilan 3 bosqichli tayyorlov mashqlarini olib borishmoqda. Unga koʻra dastlab harbiylarning merganlik darajasi aniqlab olinadi. Shundan soʻng ular guruhlarga boʻlinib, oʻz darajasiga koʻra ularga alohida mashgʻulotlar oʻtiladi.

Taʼkidlanishicha, bunday tajriba almashish har ikki tomonga ham juda foydali boʻlib, kelgusida ham shu turdagi birgalikdagi mashgʻulotlarni davom ettirish yaxshi natija berishiga ishonch bildirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019