O‘zbekiston va Eron O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon mintaqalararo transport yo‘lagi tashkil qilish masalasini muhokama qildi

Eron Islom Respublikasi yo‘llar va shaharsozlik vaziri boshchiligida delegatsiya a’zolari ishtirokida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Achilboy Ramatov va Eron Islom Respublikasi yo‘llar va shaharsozlik vaziri Abbos Oxundiy ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, qurilish va transport sohalarida manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Suhbat davomida ikki davlat temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada yuqori darajaga olib chiqish, o‘zaro yuk tashish borasida hamkorlikni mustahkamlash, avtotransportda tashuvlarni amalga oshirish to‘g‘risida ham so‘z yuritildi. Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon mintaqalararo transport yo‘lagi faoliyati borasida ham fikr almashishdi. Tadbirda ikki mamlakat o‘rtasida yangi avia reyslarni joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunday imkoniyatlarni yaratish ikki davlat xalqlari o‘rtasida bordi-keldilarni yo‘lga qo‘yish, sayyohlikni rivojlantirish, madaniy aloqalarni yuksaltirishga xizmat qiladi deya ta’kidlandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusida Abbos Oxundiy ayni paytda O‘zbekiston ko‘pgina jihatlari bilan Markaziy Osiyodagi qudratli mamlakat ekanligini ta’kidladi. Uning boy madaniy merosi, tarixiy obidalarini kelib ko‘rishga eronliklarda ham qiziqish juda yuqori ekanligini qayd etdi. Shuningdek, tarixiy obidalarni qayta ta’mirlash, zamonaviy shaharsozlikni rivojlantirish jarayonlarida ikki mamlakat mutaxassislarining hamkorligi yuqori natija berishiga e’tibor qaratdi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: