Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini bosh hakami aniq boʻldi

13:59 11 Sentyabr 2018 Sport
243 0
Foto: OʻFA

Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi “Milliy” stadionida Eron terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Mazkur bahsni qirgʻizistonlik Dmitriy Mashensev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Bahodir Qoʻchqorov va Ismoil Tolibjonov yordamlashadi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, bu Oʻzbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper uchun ikkinchi oʻyin boʻladi. Terma jamoamiz Ektor Kuper boshchiligidagi dastlabki bahsni suriyalik futbolchilarga qarshi oʻtkazib, 1:1 hisobida durang natija qayd etgan edi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?