Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida hamkorlik oʻrnatildi

18:30 29 Avgust 2018 Jamiyat
238 0

Yaqinda Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan SHHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining oltinchi majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi Adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, memorandumdan koʻzlangan maqsad — xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyil va normalariga muvofiq huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish hamda tajriba almashishdan iborat.

Xususan, inson huquqlari va fuqarolar erkinliklarini himoya qilish, norma ijodkorligi, yuridik xizmatlar koʻrsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda oʻzaro manfaatli boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?