Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik yanada kengayadi

19:01 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
949 0
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Belarus Respublikasi Taʼlim vaziri Igor Karpenko boshchiligida oliy taʼlim muassasalari rektorlari va mutaxassislaridan iborat delegasiya qabul qilindi.

Uchrashuvda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov belaruslik hamkasbi bilan ikki davlat oʻrtasida malakali kadrlar tayyorlash yoʻlidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, zamonaviy yoʻnalishlar va mutaxassisliklarda bakalavr, magistrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasida oʻzaro tajriba almashish kabi muhim yoʻnalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Igor Karpenko Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan qoʻshma fakultet va Oʻzbek-Belarus madaniy-maʼrifiy markazining ochilish ishlarining borishi bilan tanishish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga ham tashrif buyurdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?