Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi qanchaga yetdi?

18:04 12 Sentyabr 2018 Siyosat
295 0
Illyustrativ foto

2018 yil 12 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSH Davlat kotibining iqtisodiyot va biznes masalalari boʻyicha yordamchisining birinchi oʻrinbosari Brayan MakFiters bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbatda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-17 may kunlari AQSHga qilgan rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan oʻtkazgan muzokaralari chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai-nazaridan ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarining hozirgi holati va ularni oshirishning istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdodagi ijobiy dinamika qayd etildi. 2018 yilning sakkiz oyi davomida oʻzaro savdo aylanmasi deyarli 300 mln. dollarni tashkil etdi. 2017 yilda esa jami koʻrsatkich 210,2 mln. dollarga teng boʻlgan edi. Shu bilan birga, mazkur sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada oshirish uchun sezilarli salohiyatning mavjudligi eʼtirof etildi va bunga ikki tomonda ham qiziqish borligi taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Amerika kun tartibining boshqa masalalari, jumladan, mamlakatimizda Amerika biznes haftaligini oʻtkazishga tayyorgarlikning borishi ham muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?